Xorazm viloyati, Shovot t, Shovot shaharchasi Turkiston ko`chasi 11-uy

Prezident Shavkat Mirziyoyev 11-avgust kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining yangi binosini borib ko‘rdi.
Ilgari ushbu ta’lim maskani o‘tgan asrning 50-60-yillarida qurilgan binolarda va tarqoq joylashgan edi. O‘zining klinikasi ham yo‘q edi. Investitsiya dasturi doirasida shahar chekkasida institut uchun yangi majmua qurilib, joriy yil may oyida foydalanishga topshirildi.
Majmua 900 o‘rinli o‘quv binosi, 200 o‘rinli klinika, simulyatsiya o‘quv markazi, vivariy, sport zali, 1 ming 200 o‘rinli talabalar yotoqxonalari, oshxonani o‘z ichiga olgan hamda jahon standartlaridagidek yaxlit joylashgan. Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti filiali ham tashkil etilgan.
Bugungi kunda institutda davolash, pediatriya, stomatologiya, oliy hamshiralik ishi, tibbiy pedagogika, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya, xalq tabobati, farmatsiya kabi 9 ta yo‘nalishda mutaxassislar tayyorlanmoqda. Ularga 568 nafar professor-o‘qituvchilar saboq berayotir.
- Bu Yangi O‘zbekistonga munosib oliygoh bo‘ldi. Endi u ilmi bilan xalqimizga xizmat qilishi kerak. Yurtimizda Tibbiyot akademiyasi, ixtisoslashgan ilmiy markazlar, hududlarda institutlar bor. Bu ilmiy salohiyat qanday qilib xalqqa yetib boradi? Buning uchun ularni hududlarga biriktirish, sog‘lom tibbiy-ijtimoiy muhit yaratish kerak. Mas’ul mahallasida kasalliklar kamayishiga qarab, mutaxassislarga ustama berish mumkin. Obrazli aytganda, profilaktika nuqtai nazaridan 36 million aholi ustida “soyabon bo‘lish” kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mahallalarda fitobarlar tashkil qilish, shifobaxsh giyohlar afzalligini targ‘ib etish, Buxoroda farmsanoat klasteri tuzish muhimligi ta’kidlandi.
Shu yerda Buxoro shahrini rivojlantirish loyihasi ko‘rib chiqildi.
Buxoroning tarixiy qismida turizm infratuzilmasini yaxshilash va sayyohlar uchun sharoitlarni kengaytirish lozimligi ta’kidlandi. Shuningdek, To‘dako‘l suv omborining g‘arbiy hududi Buxoro viloyatiga o‘tkazilib, dam olish turizmi tashkil etish rejalashtirilgan.
- Buxoro iqtisodiyotini barqaror qilamiz desak, turizm imkoniyatlarini 10 karra oshirishimiz zarur. Faqat bugunni, bir yilni emas, kelajak 50 yilni o‘ylashimiz kerak. Agar viloyatga 10 million turist kelsa, odamlar xizmatlarni ko‘paytirsa, qancha daromad paydo bo‘ladi, - dedi davlatimiz rahbari.
Shu bilan Buxoro viloyatiga tashrif yakunlandi, Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Shovot t, Shovot shaharchasi Turkiston ko`chasi 11-uy
  • +998 (62) 34-54-897
  • shovot1-sonkhm@umail.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Декабрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 

Yil dasturi

Manzili