28-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli stipendiyalar tanlovining yo‘nalishlar bo‘yicha shakllantirilgan ekspertlariga tanlov nizomi hamda talabgorlarning ilmiy ishlarini ko‘rib chiqish mezonlari bo‘yicha batafsil tushuntirish berildi.
So‘ng O‘zbekiston milliy universitetida ekspertlar tomonidan Prezident davlat stipendiyalariga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda magistratura mutaxassisligi bo‘yicha talabgorlarning ilmiy ishlari, erishgan yutuqlari ko‘rib chiqildi hamda natijasi stipendiya.edu.uz tizimida shakllantirildi.
Eslatma: talabgorlar ekspertlar tomonidan qo‘yilgan baholar bilan elektron tizimdagi shaxsiy kabinetlari orqali tanishishlari mumkin.